
"Real" Solari borasida kutilmagan qaror qabul qildi
"Real" Madrid klubi rahbariyati ayni damda jamoa bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajarib turgan Santyago Solari bilan amaldagi shartnomani 2020 yilning yozigacha uzaytirmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres argentinalik mutaxassisning faoliyatidan to‘liq qoniqish xosil qilmoqda va aynan shu sababli uni jamoada qolishini istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xulen Lopetegining iste’fosidan so‘ng jamoa boshqaruvini olgan Solari hozircha “Real”da jami 4ta o‘yin o‘tkazdi va ularning barchasida g‘alaba qozondi. To‘plar nisbati esa 15:2 madridliklar foydasiga. Bundan avvalroq esa "Real" Solari bilan mavsum so‘nggigacha shartnoma imzolashi haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar