“Real” “Tottenxem” himoyachisi uchun 55 mln evrodan voz kechishga tayyor
Madridning "Real" klubi yangi mavsumda "Tottenxem" himoyachisi Kiran Tripperni o‘z safida ko‘rmoqchi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 27 yoshli Angliya terma jamoasi a’zosi uchun “shporlar”ga 55 mln evro to‘lashga tayyor. Londonliklar esa bu borada “Real”ning rasmiy taklif yuborishini kutishmoqda.
Ma’lumot uchun, Tripper o‘tgan mavsum “Tottenxem” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar