"Real": Xayr Benzema, endi navbat Ronaldugami?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" prezidenti Florentino Peres madridlik muxlislarga xush kelmay qolgan va xushtakbozliklarga sabab bo‘layotgan futbolchilardan birma bir qutilmoqchi. Dastlab, "Real" rahbari yozda Danilo jamoani tark etishini e’lon qilgan edi.

Mana endi madridlik muxlislar xushtakbozlik qilayotgan frantsiyalik hujumchi Karim Benzema ham jamoani tark etishga yaqin turibdi. "Real" bu futbolchini yozda "Arsenal"ga transfer qilishga rozilik berdi. Londonliklar bu hujumchi uchun 60 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Endi "Real" tarkibida muxlislar ketishni talab qilayotgan bir futbolchi - jahonning eng zo‘r o‘yinchisi Krishtianu Ronaldu qoldi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!