
“Real” bugun chempionlik paradini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, “Real” EChLda “Liverpul”ni 3:1 hisobida taslim etdi va ketma-ket uchinchi bor g‘oliblikka erishdi.
UEFA rasmiy saytida yozilishicha, bugun “qirollik klubi” chempionlik paradini tashkil qiladi. “Real” “Sibeles” maydonida bayramning asosiy qismini o‘tkazadi. Unda shahar meri va boshqalar ishtirok etadi. Keyinchalik kubok "Santyago Bernabeu" stadioniga olib boriladi.
Fikrlar