
"Real" futbolchisi Frantsiya terma jamoasiga chaqirishmayotgani uchun Ispaniyada o‘ynamoqchi
Madridning “Real” klubi himoyachisi Teo Ernandes kelajakda Ispaniya terma jamoasida o‘ynashi mumkinligi haqida aytib o‘tdi. Uni Frantsiya terma jamoasiga chaqirishmayotgani bunga sabab bo‘lishi mumkin.
“Men Ispaniya terma jamoasi uchun o‘z eshiklarimni yopmayman. Chunki, meni ketma-ket ikki safardan buyon Frantsiya yoshlar terma jamoasiga chaqirishmayapti. Aynan shu narsa meni jahlimni chiqarmoqda. Agar bu narsa yana davom etaveradigan bo‘lsa, u holda men o‘zim uchun boshqa yo‘llarni izlashga majbur bo‘laman”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq bir qator OAVlar Ernandes Ispaniya terma jamoasida o‘ynash uchun rozilik bergani haqida xabarlar tarqatishgan edi.
Fikrlar