
"Real" o‘zining transfer kampaniyasini yakunladi
Madridning “Real” klubi ushbu yozgi transferlar davrida boshqa futbolchi sotib olmaydi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
“Qirollik klubi” rahbariyati hamda murabbiylar shtabi jamoaga boshqa yangi futbolchilar kerak emas deb hisoblashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar joriy yozgi transferlar davrida himoyachi Teo Ernandesa (“Atletiko”) va yarim himoyachi Dani Sebalosa (“Betis”) kabi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi.
O‘z navbatida “Real”ni Alvaro Morata, Danilo, Fabiu Koentrau, Pepe, hamda Xames Rodrigeslar tark etishdi.
Fikrlar