
"Real" qishda etakchi futbolchisidan ayrilishi mumkin
Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylor Navas qishda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 31 yoshli kosta-rikalik posbon agar yarim mavsum davomida jamoaga yangi kelgan belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua bilan asosiy tarkib uchun bo‘ladigan raqobatda mag‘lub bo‘lsa, u holda boshqa jamoalardan bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Nasas joriy mavsum “Real” safida 3ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 5ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar