"Real" skautlari Sterlingning o‘yinlarini kuzatadi

Sky Sports xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" skautlari 23 yoshli futbolchining Millatlar ligasi 1-turida Londondagi "Uembli" stadionida o‘tadigan Angliya - Ispaniya o‘yinidagi harakatlarini kuzatishadi.

Madridliklar uni bu yilgi transferlar bozori vaqtida emas, balki qishda muzokaralarga kirishmoqchilar. O‘sha vaqtda Sterlingning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi tugashiga 18 oy qolgan bo‘ladi.

Iyun oyida Sterling Manchester klubi vakillari bilan yangi shartnoma borasida ikki marta muzokara o‘tkazdi va ular samarasiz yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!