"Real" sobiq futbolchisi 3-marotaba faoliyatini yakunlashi haqida e’lon qildi

  • 14 oktabr, 2018, 10:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi sobiq a’zosi Antonio Kassano futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.

Tecno

Aytib o‘tish joizki, 36 yoshli xujumchi 2016 yildan buyon biror bir klub a’zosi emas. Antonio 2017 yilda ikki marotaba bunday qarorga kelgani haqida e’lon qilgandi.

Bir necha kunlar oldin futbolchi "Virtus Entella" klubi safida mashg‘ulotlar o‘tkazgandi. Kassanoning so‘zlariga ko‘ra, bu yakuniy qaror.

- Ohirgi kunlarda mashg‘ulotlarda ishtirok etishni xohlamayotganimni tushunib etdim. Futbol o‘ynash uchun qobiliyat va iste’dot darkor, shu qatori xohish. Ammo bugungi kunga kelib oldimga boshqa maqsadlarni qo‘yganman, - deya Antonioning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.

Ma’lumot uchun, Kassano faoliyati davomi "Real", "Inter", "Sampdoriya", "Roma", "Milan" hamda "Roma" klubida to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!