
"Real" sobiq prezidenti: Ronalduning sotib yuborilishi tarixiy xato
Madridning "Real" klubi sobiq prezidenti Ramon Kalderon Xulen Lopetegining iste’foga chiqarilgani haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Afsuski, bu Peresning injiqligidir. Agar Lopetegi to‘rt oy oldin jamoa uchun to‘g‘ri keladigan mutaxassis edi, endi u bu o‘ringa loyiq emas deb atash noto‘g‘ri.
Florentino Xulen bilan Jahon chempionatining boshlanishiga ikki kun qolganida shartnoma imzoladi va Ispaniya terma jamoasiga katta zarar etkazdi. Bu vaziyatda Lopetegini ayblash xatodir.
Tan olish lozim, jamoaning asosiy muammosi Krishtianu Ronalduning sotib yuborilishi, bu tarixiy xato, - dedi Kalderon.
Fikrlar