"Real" va "Tottenxem" yozda o‘zaro futbolchi almashtirishi mumkin
Madridning "Real" klubi va "Tottenxem" yozgi transferlar davrida o‘zaro yirik transferlarni amalga oshirishi mumkin.
Don Balon nashri tarqatshan xabarga qaraganda “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres jamoa vingeri Garet Beylni Londonga qo‘yib yuborish evaziga “shporlar”dan yarim himoyachi Kristian Eriksen va unga qo‘shimcha 30 million evro olishni ko‘zlamoqda.
Qayd etish lozimki, Transfermarkt sayti uelslik futbolchini ham, daniyalik futbolchini ham bir hil - 80 million evroga baholamoqda.



Fikrlar