“Real” va “Yuventus” Aleksandr Lyakazett borasida bellashmoqda
Frantsiyaning “Lion” klubi hujumchisi Aleksandr Lyakazett faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishga yaqin. Bu haqda Calciomercato xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, frantsiyalik forvard “Real” klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Madridliklar 25 yoshlik futbolchini Alvaro Morata va Karim Benzemaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Yozda “qirollik klubi” ushbu ikki hujumchidan birini sotib yuborishni rejalashtirayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Lyakazettga Italiyaning “Yuventus” klubi ham qiziqish bildirmoqda. Turinliklar bu borada madridliklar kabi kurash olib borishmoqchi.

Fikrlar