"Real" yanvarda yangi futbolchi sotib olmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” klubi direktori Emilio Butrageno jamoaning transferlar mavsumidagi rejalari haqida ma’lumot berib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “qirollik klubi” yanvarda jamoaga yangi futbolchi olib kelmaydi.

– Bu jamoada juda iqtidorli futbolchilar to‘p suradi. Bugun buni aytishga asoslar ko‘p. Ular ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Shular qatorida jamoa uch marta ketma-ket EChLda zafar quchgan. Bu ajoyib futbolchilar, – deydi Emilio.

Eslatib o‘tamiz, hozircha Madrid klubining so‘nggi xarid qilgan o‘yinchisi “Manchester Siti” a’zosi Braim Dias bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!