"Real"ga "Portu" himoyachisi kerak
“Portu” himoyachisi Eder Militao “Real”ning jiddiy qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” allaqachon 20 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqishgan. “Portu” esa uni kamida 50 mln evroga sotmoqchi.
Ma’lumot uchun, Militao joriy mavsum 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar