"Real"ning kuni Zidanga qoldi

  • 19 yanvar, 2019, 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" darvozaboni Keylor Navas jarohat olib safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Qayd etish lozimki, jamoaning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua ham jarohatidan to‘liq tiklanib ulgarmagani uchun bugun La Liganing 21-turi doirasida “Sevilya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maydonga tusholmaydi.

Endi “qirollik klubi” bu borada jamoaning uchinchi darvozaboni hisoblangan Luka Zidanning xizmatlariga tayanishga majub bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Zidan joriy mavsum “Real B” jamoasida 18ta o‘yinda ishtirok etdi va shularning 4tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” – “Sevilya” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Мурат Маткаримов
19/01/2019 15:29
Севильяга омад