Remzining "Yuventus"ga o‘tishi aniq bo‘ldi
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Aaron Remzi "Yuventus" bilan o‘zaro kelishuvga erishdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 28 yoshli uelslik futbolchi mavsum yakunlangach turinliklar safiga erkin agent maqomida borib qo‘shiladi. Shundan so‘ng u “keksa sinora” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Futbolchining yillik maoshi esa 8 mln evro bo‘ladi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda Remzi yaqin kunlar ichida "Yuventus" sport direktori Fabio Paratich bilan uchrashib, kerakli xujjatlarni imzolash uchun Turinga boradi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Aaron Remziga PSJdan ham jiddiy qiziqishlar bo‘layotgan edi.
Fikrlar