
Riberi va Noyer "Borussiya M"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi Bundesliganing navbatdagi turidan o‘rin olgan "Borussiya" Myunxengladbaxga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Myunxenliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchining oshqozoni bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lgan. Ushbu o‘yinda shuningdek darvozabon Manuel Noyer ham shamollagani bois ishtirok etmasligi mumkin. Ammo, tajribali himoyachi Mats Xummels safga qaytganini ta’kidlash lozim.
Eslatib o‘tamiz, "Borussiya" Myonxengladbax - "Bavariya" uchrashuvi 2 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar