
Riberi yozda xitoyliklardan super taklif olganini aytdi
Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Frank Riberi yozda Xitoy klublaridan jiddiy takliflar bo‘lgani haqida aytib o‘tdi.
“2007 yilda “Bavariya”ga kelganimda bu qadar uzoq vaqt qolaman deb o‘ylamagandim. Bu qadar yutuqlarga erishish hayolimga ham kelmagandi. Men bundan faxrlanaman.
Mening o‘tgan yozdagi asosiy maqsadim klub bilan shartnomani uzaytirish edi. Menga Xitoydan jiddiy takliflar bo‘ldi. Menga ulkan maosh va’da qilishdi. Agar men charchaganimni sezganimda, darxol ushbu taklifni qabul qilgan bo‘lardim”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Fikrlar