Riyod Maxrez: "Manchester Siti" safidagi ilk golimni kiritganimdan xursandman
"Manchester Siti" xavbeki Riyod Maxrez bugun APLning 6-turida "Kardiff"ga (5:0) qarshi o‘tkazilgan bahs haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Chempionlar ligasidagi omadsizlikdan so‘ng o‘yin og‘ir kechishini bilgandik. Gvardiola ham “Kardiff”ga qarshi safar o‘yiniga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimizni aytgandi. Natijada ajoyib o‘yin ko‘rsatdik va haqli g‘alabani qo‘lga kiritdik. Qolaversa, “Siti” safidagi birinchi golimni kiritganimdan xursandman”, - deydi jazoirlik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Maxrez shu uchrashuvda dubl qayd etdi.
Fikrlar