Robben yana jarohat oldi
“Bavariya” va Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aren Robben Lyuksemburgga qarshi kechgan uchrashuvda jarohat oldi.
Robben birinchi bo‘limda raqib futbolchi bilan to‘p uchun bo‘lgan kurashda jarohat olgan, biroq u bo‘lim oxirigacha harakat qilgan va tanaffusda uning o‘rniga Stiven Bergeys maydonga tushgan.
Hozircha uning sog‘ayib muddati noma’lum bo‘lib turibdi. Robben bu mavsum “Bavariya” safida barcha musobaqalarda 9 uchrashuvda maydonga tushib, 4 gol (4 pas)ga mualliflik qilgan.


Izohlar (0)