Roberto Manchini "Roma" futbolchisini Pogbaga qiyosladi
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini "Roma" klubining hujumkor yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men Dzanoloning o‘yinlarini tengdoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan Evropa chempionatida kuzatganman. U ajoyib o‘yin ko‘rsatadi. U jismonan juda kuchli va undan to‘pni olib qo‘yish juda qiyin.
“Inter” uni qanday qo‘yib yuborganini tushunmayman. U xuddi Pol Pogbaga o‘xshaydi. Unda kelajakda buyuk futbolchi bo‘lish uchun barchasi mavjud”, - deydi Manchini.
Eslatib o‘tamiz, Dzanolo “Roma” safiga 2018 yilning yozida “Inter”dan 4,5 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U joriy mavsum 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar