"Roma" rahbarlari Sarrini jamoaga chorlashmoqda
La Republica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, uning xizmatlariga Rimning "Roma" klubi qiziqish bildirmoqda. Jamoa rahbariyati joriy yilgi mavsumda ishlari u qadar yurishmayotgan Eusebio Di Francheskoni iste’foa chiqarmoqchi.
Xabarda aytilishicha, klub prezidenti Jeyms Palotta ikki bor Sarri bilan telefon orqali muloqot qilgan va bir marta Londonda uchrashgan.
Ilgariroq "Chelsi" Sarrining o‘rniga "Real" sobiq ustozi Zinedin Zidan va "Derbi Kaunti" bosh murabbiyi Frenk Lempard nomzodini ko‘rib chiqayotgani borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar