Roman Abramovich "Rubin"ni sotib olishga qiziqmoqda
"Chelsi" xo‘jayini Roman Abramovich Qozonning "Rubin" klubini sotib olishga qiziqayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Biznes Online" nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra rossiyalik milliarder joriy fevral oyida Qozon shahriga tashrif buyurgan va u erda bir hafta bo‘lgan.
Uning Qozonga tashrif buyurishidan asosiy maqsad “Luchano” spa-kompleksida organizmini tozalash kurslarini yakunlash bo‘lgan. Biroq, Abaramovich ushbu vaqt ichida shuningdek “Rubin” klubi rahbariyati bilan jamoani sotilishi masalasida ham muzokaralar o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Abramovich 2003 yildan buyon “Chelsi” xo‘jayini hisoblanadi.
Fikrlar