
Romanoli 2009 yildan buyon "Milan"da hech kim qila olmayotgan ishni qildi
Xabaringiz bor kecha "Milan" A Seriyaning 1-tur qoldirilgan bahsida "Jenoa"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu o‘yinda “rossonerilar” himoyachisi Alessio Romanoli ham o‘z jamoasi, ham raqib jamoa darvozasini ishg‘ol etib o‘zining to‘purarlik qobiliyatini namoyon qildi. E’tiborlisi, 23 yoshli futbolchi shu tariqa “Milan”ning A Seriyada so‘nggi 9 yilda ilk bor bir o‘yinda ham raqib darvozasini, ham o‘z darvozasini ishg‘ol etgan ilk futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tish lozimki, bunday holat so‘nggi bor 2009 yilda sodir bo‘lgan edi. O‘shanda “Milan” himoyachisi Tiago Silva "Latsio"ga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol etish bilan birga, o‘z darvozasiga ham gol kiritib qo‘ygan edi.
Fikrlar