Ronaldo endi La Liga klubiga xo‘jayinlik qiladi

  • 28.08.2018 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi hamda "Real" va "Barselona" klublari sobiq forvardi Ronaldo Ispaniyaning "Valyadolid" klubini sotib olishga yaqin turibdi.

Cadenaser nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu xarid yaqin 2-3 kun ichida amalga oshiriladi. 41 yoshli sobiq futbol yulduzi ispan klubi uchun 30 million evro to‘laydi. 

Shu tariqa Ronaldo "Valyadolid"ning asosiy aktsioneri va prezidentiga aylanadi. 

Eslatib o‘tamiz, "Valyadolid" La Liganing o‘tgan ikki tur yakunlariga ko‘ra turnir jadvalida 12-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!