Ronaldu "Real"dagi jamoadoshini "Yuventus"ga chorlamoqda
"Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"dagi sobiq jamoadoshi Marseloni Turinda ko‘rmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra portugaliyalik futbolchi braziliyalik himoyachi bilan “keksa sinora”ga ko‘chib o‘tganidan so‘ng ham o‘zaro yaqin aloqalarni saqlab qolgan. Aksariyat suhbatlarda Ronaldu Marseloga Italiyaga kelishni maslahat beradi.
Ma’lumot uchun, Marselo joriy mavsum “qirollik klubi” safida 19ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol va 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar