
Ronaldu: Zo‘rlash – bu jirkanch jinoyat
Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu amerikalik ayolni zo‘rlagani borasidagi ayblovlarni rad etishda davom etmoqda.
“Menga nisbatan uyushtirilgan barcha ayblovlarni mutlaqo inkor etaman. Zo‘rlash – bu o‘ta ketgan jirkanch jinoyat.
Shu o‘rinda aytishim lozimki men OAVlar tomonidan uyushtirilgan spektaklda ishtirok etishni istamayman. Uni tashkil qilgan odamlar esa mening nomimdan foydalanishmoqchi.
Men ayni damda tergov natijalarini to‘liq xotirjamlik bilan kutmoqdaman”, - deb yozadi portugaliyalik mutaxassis o‘zining tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Fikrlar