
Politsiya Ronalduning ishi yuzasidan tekshiruv boshladi
Las-Vegas shahri politsiyasi "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronalduni ayblayotgan ayol Ketrin Mayorga yuzasidan tekshiruvni boshladi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra tergovchilar bu borada olingan ma’lumotlarga o‘rganishga kirishishgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ronaldu ushbu amerikalik ayolning unga zo‘rlik ishlatgani haqidagi xabarlari yolg‘on ekani va ayol uning nomidan foydalanib mashhur bo‘lish uchun ushbu uydurmani to‘qib chiqargani haqida aytgan edi.
Fikrlar