Ronaldu faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkinligini aytdi

  • 6 noyabr, 2018, 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu kelajakda faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkinligini inkor etmadi.

Gap shundaki, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi ayni damda MLSda to‘p surayotgan MYudagi sobiq jamoadoshi Ueyn Runi haqida bildirgan fikri davomida kelajakda u bilan yana jamoadosh bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Runi ayni damda Vashingtonning "Di Si Yunayted" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Ronalduning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!