
Ronaldu hozircha top-5 chempionatlarda etakchi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida to‘p surayotgan futbolchilar orasida darvoza tomon zarba yo‘llash bo‘yicha yaqqol etakchilik qilmoqda. Bu haqda Opta nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyaning ortda qolgan 12ta turida raqib darvozasi tomon jami 88 ta zarba yo‘llagan. Shularning 8tasi yakunda gol bilan tugagan.
Bu ko‘rsatgich borasida Ronaldudan keyingi o‘rinlarda Nikolya Pepe ("Lill", 55 ta zarba/8ta gol), Serxio Aguero ("Manchester Siti", 54ta zarba/8ta gol), Lorentso Insine ("Napoli", 51ta zarba/7ta gol) va Edin Jeko ("Roma", 51ta zarba/7ta gol) kabi futbolchilar borishmoqda.
Fikrlar