Ronalduning ustozi Koreya terma jamoasini boshqaradi

  • 18 avgust, 2018, 15:20
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Sporting", "Olimpiakos" hamda Portugaliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Paulu Bentu Koreya terma jamoasi bosh murabbiyligini o‘z zimmasiga oldi.

Four Four Two nashrining xabar berishicha, Bentuning koreyaliklar bilan shartnomasi JCh-2022 yakunlanishiga qadar imzolangan.

Eslatib o‘tish joizki, JCh-2018 doirasida Koreya Germaniya, Meksika va Shvetsiya bilan kuch sinashib guruh bosqichidan o‘ta olishmagan.

Ma’lumot uchun, 49 yoshli mutaxassis o‘tgan mavsum Xitoyning "Chuntsin Lifan" klubini boshqargan va ketma-ket 6 mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z lavozimidan ozod etilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!