Rouz va Makkarti Angliya terma jamoasi lagerini tark etdi

  • 11 oktabr, 2018, 21:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Tottenxem” klubi himoyachisi Denni Rouz va “Sautgempton” darvozaboni Aleks Makkarti yaqinlashib kelayotgan o‘yinlarda Angliya terma jamoasiga yordam berisholmaydi.

BBC tarqatgan xabarga ko‘ra har ikkala futbolchi ham mashg‘ulotlarda jarohat olgan va shu bois terma jamoa lagerini tark etishgan.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi dastlab 12 oktyabr kuni Xorvatiyaga qarshi o‘ynasa, oradan 3 kun o‘tib, ya’ni 15 oktyabr kuni Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Har ikkala o‘yin ham UEFA Millatlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!