Roza Qo‘zieva - Jahon chempionati bronza medali sohibi!

Joriy yilning 2-10 dekabr kunlari Meksikada pauerlifting bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqada 4 nafar hamyurtimiz vatanimiz sharafini himoya qilishmoqda. Chempionatning ilk kunlari hamyurtimiz Roza Qo‘zieva ayollar o‘rtasida 55kg. gacha bo‘lgan vazn toifasida kechgan bahsda ishtirok etib, 113 kg. toshni ko‘targan holda, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu bellashuvlarda g‘oliblik meksikalik Amaliya Perezga nasib etgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Ukraina vakili Mariana Shevchuk  qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz mazkur musobaqada 57ta davlatdan 300ga yaqin sportchilar kuch sinashishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!