Runi: Angliya terma jamoasining muxlisi bo‘lib qolaman

  • 18 noyabr, 2018, 15:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda faoliyatini AQShning "Di Si Yunayted" klubida davom ettirayotgan Ueyn Runi Angliya terma jamoasining sobiq futbolchilari orasida terma jamoaning hozirgi yutuqlarini ko‘rolmaydiganlari ham borligini aytib o‘tdi.

Shuningdek u Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilganidan va bundan keyin ham ushbu jamoaning muxlisi bo‘lib qolishini aytdi.

“Men Angliya terma jamoasi g‘alaba qozonishini xohlayman va ushbu jamoa safida to‘p surganimdan faxrlanaman”, - deydi Runi.

Eslatib o‘tamiz, Runi 15 noyabr kuni AQShga qarshi kechgan bahsda o‘zining Angliya terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!