
Runi qatorasiga ikkinchi o‘yinda ham dubl qayd etdi (video)
Faoliyatini AQShning "Di Si Yunayted" klubida davom ettirayotgan forvard Ueyn Runi MLSning "Chikago Fayr"ga (2:1) qarshi bahsida dubl qayd etdi va jamoasiga qimmatli ochkolarni olib keldi.
Qayd etish lozimki, 33 yoshli angliyalik futbolchi o‘tgan tur ham raqib darvozasini 2 marta ishg‘ol etgan edi.
Ma’lumot uchun, Runi joriy mavsum MLSda jami 16ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar