
Rus xokkeychilari Olimpiadada 12 yillik an’anaga barham berishdi
Xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Pxyonchxanda o‘tayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarining chorak finalida Norvegiya termasini yirik 6:1 hisobida mag‘lub etdi.
Rossiyaliklar 2006 yildan beri ilk marta turnirning chorak finalida g‘alaba qozondi.
Turindagi qishki Olimpiadaning chorak finalida Kanada termasi mag‘lub etilgan bo‘lsa (2:0), yarim finalda Finlyandiyaga imkoniyatni boy berishgan (0:4). 3-o‘rin uchun bahsda Chexiya termasi ruslardan ustun kelishgan.
So‘nggi marta rossiyaliklar 2002 yilgi Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritgan. 1992 yili esa turnirning oltin medallariga sazovor bo‘lishgan.
Fikrlar