Sadio Mane: Keyta "Liverpul"ga kelib barchani hayron qoldira oldi, biroq meni emas

  • 18.11.2018 20:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" forvardi Sadio Mane joriy mavsum boshida jamoaga kelib qo‘shilgan Nabi Keyta haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Men Keytani yaxshi bilardim, chunki biz “Zaltsburg”da birga o‘ynaganmiz. Nabi – ajoyib futbolchi, ammo u hali yosh. U hali ko‘p narsani ko‘rishi va o‘rganishi lozim.

Keyta “Liverpul”ga kelgach barchani hayron qoldira oldi, biroq meni emas. Umid qilamanki u buyuk ishlarga qodir.

Keyta biz bilan birga o‘ynayotganidan xursandmiz. Uning jamoaga imkon qadar ko‘proq yordam berishini xohlayman”, - deydi Mane.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!