
Sadio Mane: "Liverpul" APLda chempion bo‘ladi
“Liverpul” klubi hujumchisi Sadio Mane jamoasi bilan APL chempionligini qo‘lga kiritishiga ishonmoqda.
Hozirda “qizillar” 16 turdan so‘ng eng yaqin ta’qibchisi “Manchester Siti”ni 4 ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida etakchilik qilmoqda.
– Biz bunga shubha qilmaymiz. Aminmanki, “Liverpul” chempion bo‘ladi. Har doim ertalab turganimda hayolimga biz bugun g‘alaba qozonmaymiz degan fikr kelmaydi. Biz “Liverpul” ligadagi eng yaxshi jamoa ekanligini isbotlashga qaror qilganmiz.
– Ha, bir necha yil oldin “Liverpul”da APLda g‘olib chiqish imkoniyatlari bo‘lgan, ammo bu haqda o‘ylashni yoqtirmayman. Bugungisi muhim, – deydi Mane.
Fikrlar