Saloh premer-liga to‘purariga aylanib oldi

  • 22 dekabr, 2018, 10:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh kecha APLning 18-turida "Vulverxempton"ga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda raqib darvozasiga gol urishga erishdi.

Tecno

Bu 26 yoshli misrlik futbolchining joriy mavsum premer-ligadagi 11-goli bo‘ldi. E’tiborlisi, u shu tariqa hisobida 10ta gol bo‘lgan "Arsenal" forvardi Per-Emerik Obameyangdan o‘zib ketdi va musobaqa to‘purariga aylanib oldi.

Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum barcha musobaqalarda jami 24ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 14ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!