Samarqandda boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi

  • 11.12.2018 11:19
  • 0
  • Boks

Bugun shahardagi Olimpiya zaxiralarini tayyorlash markazida bahslarga start berildi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Musobaqada yurtimizning turli xududlaridan 277 nafar charm qo‘lqop ustasi ishtirok etmoqda. O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bellashuvlarda Hasanboy Do‘smatov, Iqboljon Xoldorov, Rustam To‘laganov, Bobousmon Baturov, Miraziz Mirzahalilov kabi bokschilarimiz ham sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Bahslar 8 ta vazn toifasida (-52, -57, -63, -69, -75, -81, -91, va +91 kg) o‘tkaziladi. Chempionat 17 dekabrga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!