Sambochilarimiz jahon chempionatining ilk kunida bittadan kumush va bronza medalini qo‘lga kiritishdi

Xabaringiz bor, Rossiyaning Sochi shahrida sambo bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlari davom etmoqda. Musobaqaning birinchi kungi bellashuvlaridan so‘ng vakillarimiz bitta kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Sport sambosi bellashuvlarida 90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nemat Yoqubov kumush medalga munosib ko‘rildi.

Shuningdek, jangovar sambo bahslarida Istam Qudratov (74 kg) bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bugun jangovar sambo bahslarida Ismoilov Hakimjon (+100kg) ishtirokini boshlasa, sport sambosi yo‘nalishida Parviz Xalimov (-100kg ) bahsga kirishadi.

Musobaqalar 13 noyabrgacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!