
Sanjar Rashidov: Osiyo Kubogida milliy terma jamoamizga omad tilaymiz
Ushbu katta musobaqa oldidan “So‘g‘diyona” jamoasi sardori Sanjar Rashidov o‘z fikrlarini bildirib, milliy terma jamoamizga omad tiladi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
"Milliy terma jamoamiz BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogida yaxshi natijalarga erishib, o‘zbek xalqini xursand qila oladi, degan umiddaman. Kuchli mutaxassis qo‘l ostida futbolchilarimiz albatta o‘z oldilariga quyilgan vazifalarga erishishiga ishonamiz. Musobaqa oldidan “So‘g‘diyona” futbol klubi a’zolari nomidan milliy terma jamoamizga omad tilaymiz.
Biz sizlarga ishonamiz va doimo qo‘llab-quvvatlaymiz!", - dedi “So‘g‘diyona” jamoasi sardori, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Sardor Rashidovning ukasi Sanjar Rashidov.
Fikrlar