Sanjar Tursunov jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi

Hamyutrlarimiz Shoxrux Gadoev hamda Sanjar Tursunovlar faoliyat olib boradiyogan "Tedjon Sitizen" jamoasi safarda "Puchxon" bilan kuch sinashdi  va 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Gadoev bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 80-daqiqada zaxiraga olindi. Tursunov esa ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan maydonga tushib, muvozanatni tiklovchi golga mualliflik qildi va jamoasini  muqarrar mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

K Liga-2. 24-tur

"Puchxon" - "Tedjon Sitizen" 1:1 

Gollar: Nilson (31) - Tursunov (62)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!