Santi Kasorla 2 yillik golsiz seriyasiga barham berdi
Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi yarim himoyachisi Santi Kasorla kecha Evropa ligasi doirasida “Spartak”ga (3:3) qarshi bo‘lib o‘tgan Moskvadagi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
E’tiborlisi, penaltini aniq amalga oshirgan 33 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun ushbu gol so‘nggi 2 yil ichidagi dastlabkisi bo‘ldi. Kasorla so‘nggi bor 2016 yilning oktyabrida “Arsenal” safida gol urgan edi.
Fikrlar