Santyago Solari "Real" tarixiga kirdi

  • 09.11.2018 00:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" klubi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi hisoblangan Santyago Solari jamoada rekord o‘rnatdi.

Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 42 yoshli argentinalik futbolchi “qirollik klubi” tarixida debyut bahslarining dastlabki 3tasida darvozasi daxlsizligini saqlagan holda g‘alaba qozongan ikkinchi murabbiyga aylandi. Qayd etish lozimki, bunday natijaga dastlab 1957 yil Luis Karnile erishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Solari boshchiligidagi “Real” dastlab Ispaniya kubogida “Melilya”ni (4:0), keyinchalik esa La Liga doirasida "Valyadolid"ni (2:0), Chempionlar ligasida "Viktoriya Plzen"ni (5:0) engishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!