Sardor Azimov: Muxlislar uchun ham g‘alaba qozonishimiz shart

  • 04.11.2018 10:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor bugun Superliganing 29-tur uchrashuvlariga start beriladi. Yaqindagina O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Olmaliqning AGMK klubi bugun Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs yuritadi.

Ushbu uchrashuvdan oldin jizzaxliklarning etakchi futbolchisi Sardor Azimov klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Biz O‘zbekiston kubogi sohiblariga qarshi maydonga tushamiz. O‘yin qiyin kechishi aniq. Afsuski, safardagi uchrashuvlardan maksimum natija chiqara olmadik. Shuning uchun o‘z maydonimizda kichik detallar uchun ham kurashishimiz kerak. Har qanday ob-havoda bizni qullab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimiz uchun ham g‘alaba qozonishimiz shart”, - deydi Sardor Azimov.

Eslatib o‘tamiz, “So‘g‘diyona” – AGMK uchrashuvi bugun soat 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!