
Sem Ellardays, Xosep Gvardiola va Joze Mourinyu APLning aprel oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomiga da’vogarlik qilmoqda
Angliya premer-ligasi yakuniga etgan aprel oyi laureatiga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra oyning eng yaxshi murabbiyi nomiga Sem Ellardays ("Everton", 2 ta g‘alaba, 2 ta durang), Xosep Gvardiola ("Manchester Siti", 3 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat), Roy Xojson ("Kristal Pelas", 2 ta g‘alaba, 2 ta durang), Darren Mur ("Vest Bromvich", 2 ta g‘alaba, 2 ta durang) va Joze Mourinyu ("Manchester Yunayted", 3 ta g‘alaba, 1 ta g‘alaba) kabi mutaxassislar da’vogarlik qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, so‘rovnoma yakunlari 8 may kuni e’lon qilinadi.
Fikrlar