Serbiyalik qizlar jahonda tengsiz

Yaponiyning Yokogama shahrida ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempiontida g‘olib jamoalar nomi aniq bo‘ldi.

Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida Serbiya terma jamoasi tay-brekda Italiyani 3-2 hisobida taslim qildi va ilk marotaba jahon chempioniga aylandi.

Bronza medallari uchun o‘tgan o‘yinda Gollandiya termasi Xitoyga 0-3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa, Serbiya oltin, Italiya kumush, Xitoy esa bronza medal bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!