
Serxio Ramos: "Barselona"ni tabriklashimiz kerak
Xabaringiz bor kecha "Barselona" La Liganing 26-turida “Santyago Bernabeu”da “Real”ni (1:0) mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan so‘ng “qirollik klubi” sardori Serxio Ramos kataloniyaliklar sardori Lionel Messi bilan bo‘lgan tortishuv haqida gapirib o‘tdi.
“Gollar futbolda hamisha natija deganidir. Biz esa bugun gol ura olmadik. Shu bois raqibni tabriklashimiz kerak.
Messiga keladigan bo‘lsak...Mening qo‘l harakatlarim beixtiyor yuz berdi, lekin u ham javob qaytardi”, - deydi Ramos.
Eslatib o‘tamiz, “Real” kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng peshqadam “Barselona”dan naqd 12 ochkoga orta qolib ketdi.
Fikrlar