
Serxio Ramos ulkan natijaga erishdi
Ispaniya terma jamoasi va “Real Madrid” klubi himoyachisi Serxio Ramos professional futbolchik faoliyatidagi uchrashuvlar sonini 800 taga etkazdi.
“Vilyarreal”ga qarshi La Liga 17-turida 32 yoshli Ramos maydonga tushib, 800-uchrashuvini o‘tkazdi. Himoyachi “Real” safida 589, Ispaniya termasida 161 va “Sevilya”da 50 ta o‘yin o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, “Vilyarreal” va “Real Madrid” o‘rtasidagi o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan o‘z yakuniga etdi.
Fikrlar